Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi 2 ta yangi — “Turon” va “Qipchoq” bekatlarida sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatish qachondan boshlanishi haqida ma’lumot sinov natijalaridan so‘ng ma’lum qilinadi.
Toshkentda ochilganidan beri faqat raqamlar bilan ajratilgan 19 ta metro bekatiga nom berildi. “Do‘stlik — Qo‘yliq” yer usti metro halqa yo‘liga “O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz yilligi” nomi berildi.
Toshkent shahar hokimligi poytaxt ahlini metroning oxirgi yillarda ochilgan 19 ta yangi bekatiga nom qo‘yish uchun ovoz berishga taklif qildi. Jarayon geonom.tashkent.uz platformasida 4-apreldan 18-aprelga qadar davom etadi. So‘ngra hukumatga qaror qabul qilish uchun kiritiladi.
Transport vazirligi tuzgan ishchi guruh metroning yangi stansiyalari uchun nomlarni ko‘rib chiqdi. Tasdiqdan so‘ng, ular ovozga qo‘yiladi. Nega «Chkalov» o‘tmagani (va «Aviasozlar» o‘tgani), «Choshtepa» va «Sergeli» bo‘yicha bahslar va «Paralimpiya harakati» nomi qanday paydo bo‘lgani haqida hikoya qilamiz.
Metro bekatlari yaqinidagi veloturargohlar xavfli degan qarashlar bor. Bekatlarda velosipedlarini qoldirib, o‘z manziliga metroda yetib oluvchilarning turargohlar haqidagi fikrlari — «Gazeta.uz» muxbiri Madina A’zam fotoreportajida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting